DIQQAT! TA’MIRLASH ISHLARINING OLIB BORILISHI MUNOSABATI BILAN SAMARQAND SHAHRI, OQDARYO, PAYARIQ VA SAMARQAND TUMANLARIDAGI AYRIM MAHALLALARGA TABIIY GAZ TA’MINOTI TO‘XTATILADI

«Hududgaz Samarqand» gaz ta’minoti filiali «Shimoliy» gaz taqsimlash stansiyasida 2021-2022- yillar uchun kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining olib borilishi munosabati bilan Samarqand shahri va Chelak ,Oqdaryo  va Samarqand tumanining bir qator mahallalarida  13- avgust soat 8:00 dan 14-avgust 17:00 ga qadar tabiiy gaz ta’minoti to‘xtatilishini ma’lum qiladi.
Jumladan: 
Samarqand shahridagi “ Yuksalish”, “Geoligiya”, “G‘iyosiddin Jamshid”, “Qo‘rg‘oncha”, “Juyi chuqur”,” Bog‘ishamol”, “Xo‘ja Doniyol”, “Obi Rahmat”, “Qir”, “Chilustin”, “Bog‘ibaland”,” Xumo”, “Xo‘ja G‘o‘njoyish”, “Motrid”, “Ma’rifat”, “Gulobod”, “Xo‘jaqishloq”, “Zarafshon”, “Obod Maskan” mahallalari hamda “Zarafshon”daryosi hududi(kottejlar) shuningdek,  Qorasuv massivida;

Oqdaryo tumanidagi “Taraqqiyot”, “Bozorjoy”, “Dahbed”, “Navoiy”, “Paxtaobod” mahallalarida;

Samarqand tumanidagi "Yangiobod"," "O‘zbekkent"," Qorasuv"mahallalarida;

 Payariq tumani Chelak hududidagi “Zarafshon”, “Xo‘ja Ismoil”, “Choshtepa” mahallalarida tabiiy gaz ta’minoti to‘xtatiladi.

Ushbu hududda yashovchi iste’molchilaridan, gaz jihozlarini o‘chirib qo‘yib, ehtiyot choralarini ko‘rishlari so‘raladi.
 Tabiiy gaz ta’minotidagi uzilish tufayli yuzaga kelgan  noqulayliklar uchun “Hududgaz Samarqand ” gaz ta’minoti filiali  ma’muriyati tabiiy gaz iste’molchilaridan uzr so‘raydi. 

"Hududgaz Samarqand"  gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

Image_elon: 
 doc xls
2015-2022 © Maked by: SAKTRM