Urgur tumani iste'molchilarini taʼminlovchi D-426 mmli yuqori bosimli gaz quvurining Toyloq tumani "Katta Toyloq" va "Shoxkash" mahallalari hududidan o'tuvchi qismini taʼmirlanishi sababli 2021-yil 3-dekabr kuni soat 9:00 dan 15:00 gacha tabiiy gaz iste'molchilari xonadonlariga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʼxtatildi.
“Hududgaz Samarqand ” gaz ta’minoti filiali ta’mirlash ishlari tufayli gaz ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste’molchilaridan uzr so’raydi.
“Hududgaz Samarqand ” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati
Image_elon:
