JORIY YILNING IKKINCHI CHORAGIDA SAMARQANDDA 2000 GA YAQIN AHOLI XONADONLARIDAGI QOZONXONALARGA ENЕRGIYA TЕJOVCHI YONDIRGICHLAR O‘RNATILDI

 doc xls

Mutaxassislarning fikricha, ushbu zamonaviy energiya tejamkor gaz yondirgichlari foydalanilgan tabiiy gazni taxminan 20-25 foizga iqtisod qilish orqali oila budjetini ortiqcha xarajatdan xalos etadi. Ya’ni, kam gaz sarf qilib, katta maydonni isitishga erishiladi. Eng muhimi u xavfsiz bo‘lib, bosim pasayib ko‘tarilishi oqibatida gaz uzatish tarmoqlarida uzilishlar bo‘lganda, avtomatik tarzda o‘chib, gaz o‘tkazishni to‘xtatadi. Uni iste’molchi yoqqandagina qayta yonadi.
Bugun Respublikamizda ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 22 avgustdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan tabiiy gazdan oqilona foydalanish va ortiqcha sarfini kamaytirish maqsadida, aholi xonadonlarining qozonxonalaridagi (ma’nan eskirgan, qo‘lbola) yondirgichlar (gorelkalar) zamonaviy issiqlikni avtomatik ravishda boshqaruvchi va xavfsizlik avtomatikasi bilan jihozlangan gaz yondirgichlarga almashtirilmoqda. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad – aholi xavfsizligi va farovonligini ta’minlashdan iboratdir.
Samarqand viloyatida jami tabiiy gaz yetkazib berilayotgan xonadonlar soni 290 mingga yaqin bo‘lib, 2021 yil  ikkinchi choragida 2031 ta hovli uylaridagi qozonxonalarga zamonaviy xavfsizlik avtomatikasi bilan jihozlangan energiya tejovchi yondirgichlar o‘rnatildi. Tadbir boshdan buyon o‘rnatilgan tejamkor uskunalar soni 14086 tani tashkil etmoqda.
      
“Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

2015-2022 © Maked by: SAKTRM