“HUDUDGAZ SAMARQAND “ GAZ TA’MINOTI FILIALIDA NAVBATDAGI YIG‘ILISH BO‘LIB O‘TDI

 doc xls

“Hududgaz Samarqand “ gaz ta’minoti filialida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar ijrosi muhokama qilindi. Yig‘ilishda Filial direktori Ansor Muhammadiyev Dasturga kiritilgan mahallalarda ishlar 90 % bajarilganligini qayd etib,  gaz bilan bog‘liq boshqa barcha masalalarni 10 kun muddat ichida to‘liq yakunlash bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berdi.
Shuningdek,yig‘ilishda  viloyatda “aqlli” gaz hisoblagichlar o‘rnatish jarayonlari tahlil qilindi. Hisoblagich o‘rnatishda sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan tumanlarda ish samaradorligini oshirish bo‘yicha viloyatdan biriktirilgan mas’ullarga vazifalar belgilab berildi.  

“Hududgaz Samarqand “ gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

2015-2022 © Maked by: SAKTRM