GAZ USKUNALARINING SOZLIGI  - XAVFSIZLIK GAROVI

 doc xls

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 yanvarda “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 22-son Qaroriga ko‘ra, gaz ta’minoti tashkilotlari tomonidan tasdiqlangan jadval hamda tariflar bo‘yicha iste’molchilarning ichki gaz tarmoqlari va “zangori olov”dan foydalanish uskunalariga profilaktik xizmat ko‘rsatishi belgilab qo‘yilgan. 
Bunda, ko‘p qavatli turar joylardagi gaz plitalar, boshqa gaz uskunalari mavjud bo‘lmaganda - ikki yilda bir marta, turar joylardagi gaz plitalari, isitish, suv isitish uskunalari - yilda bir marta va har bir isitish mavsumi boshlanishidan avval mutaxassis ko‘rigidan o‘tkazish majburiy hisoblanadi. Bundan asosiy maqsad gaz bilan bog‘liq turli talofatlarni oldini olishdan iboratdir.
Ayni kunlarda Samarqand viloyatining barcha tumanlarida tasdiqlangan jadval va tariflarga ko‘ra, iste’molchilarning ichki gaz tarmoqlari va tabiiy gazdan foydalanish jihozlariga profilaktik xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Ish jarayonida gaz idoralari xodimlari fuqarolarga is gazidan zaharlanishni oldini olish bo‘yicha  tushunchalar berishmoqda.
Xususan, “Kattaqo‘rg‘onttumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi 13294 ta tabiiy, 36162 ta suyultirilgan gaz iste’molchilariga xizmat ko‘rsatadi. 2021 yil avgust oyi davomida  tumanidagi 1446 ta tabiiy va 3178 ta suyultirilgan gaz iste’molchilariga, jami 4624 ta aholi xonadonlaridagi gaz uskunalariga texnik xizmatlar ko‘rsatildi.

“Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

2015-2022 © Maked by: SAKTRM