SAMARQAND SHAHRINING ESKI SHAHAR HUDUDIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI YAXSHILANDI        

 doc xls

 Bugun barcha sohalarda bo‘lgani kabi gaz xo‘jaligida ham keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, shaharsozlikni rivojlantirish evaziga viloyatimizda o‘nlab ko‘p qavatli uylar, ijtimoiy soha ob’ektlari qad rostladi. Hukumatimiz tomonidan aholining turmush tarzini yaxshilash, iste’molchilarni yil davomida tabiiy gaz bilan bir me’yorda ta’minlash borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasiga ko‘ra, 2016 yildan buyon tabiiy gaz iste’molchilari soni viloyatda 59 605 taga oshdi. 

Tahlillarga murojaat qiladigan bo‘lsak, 2016 yilda tabiiy gaz iste’molchilari soni viloyatda 255 766 tani tashkil etgan bo‘lsa, bugunga kelib ularni soni 315 371 taga yetdi. O‘z navbatida iste’molchilarga yetkazib beriladigan tabiiy gaz fondi 2016 yilga nisbatan oshgan. Ya’ni, 2016 yil 10 oyida tabiiy gaz iste’molchilariga yetkazib beriladigan tabiiy gaz hajmi 775 million 659 ming m3 ni tashkil etgan bo‘lsa,  2021 yil 10 oy mobaynida iste’molchilarga jami 1 milliard 260 million 12 ming kub metr tabiiy gaz yetkazib berildi.Keyingi yillarda mamlakatimizda barcha sohalar kabi aholini tabiiy gaz bilan ta’minlash masalasi ham ustuvor vazifalardan biriga aylandi. Samarqand viloyatidagi tabiiy gaz tarmoqlari o‘tgan asrning 60 yillarida qurilgan bo‘lib, bir necha yillardan buyon aholi va ijtimoiy soha obektlarining yildan-yilga ortishi sabab so‘nggi yillarda qishning sovuq kunlari tabiiy gaz tarmog‘ining so‘nggi nuqtalariga gaz ta’minotida muammolar kuzatilar edi. 

Jumladan, Samarqand shahri Siyob hududidagi bir qator mahallarda yashovchi aholi bir necha yillardan buyon qish oylari tabiiy gaz bosimi pastligidan qiynalib kelar edi. Joriy yildan mazkur muammolar bartaraf etildi. Oqdaryo GTS (gaz taqsimlash stansiyasi) dan Samarqand shahrining Panjekent ko‘chasigacha D-325 mmli uzunligi 11, 5 km gaz quvurlari tortilib foydalanishga topshirildi. Mazkur inshoat ishga tushirilgach, Samarqand shahrining Siyob hududidagi 20 ga yaqin mahalalarda tabiiy gaz ta’minoti yaxshilandi. Ikki yil davomida qurilgan mazkur inshoaatga “Hududgazta’minot” AJ tomonidan 14 milliard so‘mga yaqin mablag‘ sarflandi.

- Mahallamizda 2017 yilgacha 8-10 yil davomida tabiiy gazning hidi ham yo‘q edi. Bizning murojaat qilmagan tashkilotimiz qolmadi. Muhtaram yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyevga xalqimiz nomidan minnatdorchilik bildiramiz. U kishi birinchi marotaba Prezidentlikka saylangan kezlaridan boshlab eng avvalo xalqni rozi qilish tamoyili asosida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimini yuqori bosqichga ko‘tardi. 2017 yilda mahallamizda tabiiy gaz qayta tiklandi. Ammo qishning sovuq kunlari gaz tarmoqlarining oxirgi nuqtalarida gaz bosimining pasayishi kuzatilar edi. Joriy yildan boshlab, ushbu muammolarga chek qo‘yildi. Mana bir haftadirki, Siyob hududi uchun tortilgan yangi tarmoq ishga tushishi evaziga nafaqat bizning mahallada balki hududda gaz bosimi bilan bog‘liq barcha muammolar bartaraf etildi,- deydi “Bog‘i Feruza” mahallasi raisi Amirxon Baqoyev.Siyob hududida bir qancha ijtimoiy soha ob’ektlari mavjud bo‘lib, ular orasida 3-tug‘riq majmuasi, Respublika onkologiya va radiologiya tibbiy markazi Samarqand filiali ham bor. 

- Samarqand Onkologiya tibbiy markazida bugungi kunda 169 ta bemor davolanmoqda. Inshootimizda 100 ga yaqin xonalar mavjud bo‘lib, o‘tgan yillarda hududda gaz bosimi pastligi bois qozonxonada ko‘mir yoqishga to‘g‘ri kelgan. Qish kunlarida bemorlarimiz xonalarning sovuqligidan shikoyat qilar edi.Bugungi kunga kelib, kasalxonamiz joylashgan mahallada gaz bosimi ko‘tarildi.Ayni kunlarda tabiiy gazdan shikoyatimiz yo‘q, - dedi Respublika onkologiya va radiologiya tibbiy markazi Samarqand filialining umumiy masalalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Elzod Mamatov.

Shuningdek, Samarqand shahridagi Amir Temur va Gagarin ko‘chalari kesishmasidan Firdavsiy ko‘chasiga D-325 mmli uzunligi qariyb 0,5 kmlik tabiiy gaz quvuri tortildi. Ushbu inshoat foydalanishga topshirilishi natijasida, bir necha yillardan buyon kuz-qish mavsumida gaz bosimi pastligidan aziyat chekib kelgan Samarqand shahridagi “Mirzo Ulug‘bek”, “Lolazor”, “Ahmad Yassaviy”, “Maftunkor”, “Dukchiyon”, “Temirqishloq” mahallalaridagi yetti mingdan ortiq aholi xonadonlarida tabiiy gaz ta’minoti yaxshilandi. Mazkur loyiha uchun “Hududgazta’minot” AJ tomonidan 300 million so‘mga yaqin mablag‘ ajratilgan.

 “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

2015-2022 © Maked by: SAKTRM